Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning nevarasi Oysulton Nazarboyev özining Facebook ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida bobosi - akademik Muxtor Aliyevning ölimi va otasi - Raxat Aliyevning Avstriya turmasida öz joniga qasd qilganidan keyin giyohvandlik köçasiga kirib qolgani haqida söz yuritdi. 

"Butun oilam meni qöllab-quvvatlaşga harakat qildi. Ayniqsa, bobom Nursulton Nazarboyev alohida ğamxörlik qildi. Mamlakat prezidenti kunduzi 17 million kişining muammolarini hal qilgan bölsa, keçqurun bor vaqtini birgina nevarasiga ajratardi. Öşa paytlar men bunday e'tibor uning qança kuç-quvvati va soğliğini ketkazişi mumkinligini töliq anglab yeta olmaganman. Şu bois eng dahşatli va ahmoqona zaiflikka yöl qöyganman. Men giyohvand moddalardan xalovat izlaşga harakat qildim", - deb yozadi Nazarboyevning nevarasi.

Oysulton giyohvandlik - ijtimoiy muammo ekanini ta'kidladi, zero bu balo u bilan birga uning oilasidagi xalovatni ham yöqotgan edi. 

"Oilada giyohvand modda iste'mol qiluvçi bemor paydo bölsa, uydagilarning diliga  eng avvalo qörquv örnaşib oladi. Endi nima böladi? Nima qiliş kerak? Qöşnilar nima deb öylaşadi? Işxonada nima deyişadi? Qörquv munosabatlarni buzadi, mustahkam aloqalarni yöqqa çiqaradi. U umidni söndiradi. Mening oilamda ham dastavval qörquv paydo böldi. Yaratganga şukurlar bölsinki, men asosiy qadamni qöydim - bobomning oldida iqror böldim", - deydi u.

Oysulton bobosi Nursulton Nazarboyev uni qöllab-quvvatlaganini ta'kidlab, dinga murojaat qilibgina xalovatga erişganini aytgan.

"Men darddan xalos böliş yölini topdim: menga Yaratganning özi madad berdi. Giyohvandlik bilan töqnaşganlarning barçasi nima haqida gapirayotganimni tuşunişadi. Işonçim komilki, bunda aybdorlar yöq: bu yerda hamma - jabrlanuvçi. Ha, ba'zi jihatlari bor, biroq qat'iy işonib aytamanki, giyohvandlik balosiga qarşi kuraşiş kerak, ammo unga yöliqqan bemorlarga qarşi kuraşiş jinoyatdir".

Oysulton Nazarbayev

Uning ta'kidlaşiça, kasallik bilan kuraşiş u uçun "haqiqiy içki jihod" bölgan. "Men uçun bu kuraş eng qiyini böldi: taslim bölib, böşaşib jimgina jon beriş yoki irodani mustahkam qilib, yaşaş va zavqlaniş huquqi uçun kuraşiş. Haqiqiy içki jihod. Yaxşiki, yoruğlik doim zulmatni yengib keladi", - deydi Oysulton.

Oysulton Nazarboyevning sözlariga köra, u hozirda giyohvandlik muammosi haqida quruq gap bilan çeklanmoqçi emas. U giyohvandlikka qarşi kuraşuvçi xayriya fondini oçiş niyatida.