2018-2024 yillarda Liberiya vitse-prezidenti lavozimida faoliyat olib borgan Juel Xouard-Teylor giyohvandlik moddalari noqonuniy savdosi böyiça xalqaro tergov doirasida hibsga olindi.

Xabar qilinişiça, Xouard-Teylor 19-avgust kuni mamlakat poytaxti Monroviyadagi xalqaro aeroportga ketayotgan vaqtida qölga olingan. Unga narkosavdo böyiça ayblov e’lon qilingan.

Joriy yil iyulida Liberiyada Yevropaga jönatilişi rejalaştirilgan qiymati 317 mln dollarlik 4 tonna kokain musodara qilingandi. 

Mamlakat hukumati uşbu iş doirasida qölga olinganlarga şafqat qilinmasligini bildirgan.

Xouard-Teylor 1997-2003 yillarda Liberiya prezidenti bölgan Çarlz Teylorning sobiq turmuş örtoği hisoblanadi. Çarlz Teylor ayni vaqtda harbiy jinoyatlarda ayblanib Britaniyadagi qamoqxonalardan birida 50 yillik jazo muddatini ötamoqda.