AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya Suriyaning Raqqa şahrini ozod qiliş böyiça amaliyot vaqtida xalqaro gumanitar huquqni buzgan. Bu haqda RIA «Novosti» BMTning Suriyada inson huquqlari sohasidagi jinoyatlarni tergov qiliş böyiça Mustaqil xalqaro komissiyasi hisobotiga asosan xabar bermoqda.
«Komissiya xalqaro koalitsiya kuçlari aviazarbalarining tinç aholi vakillari hayotiga ta'siridan taşvişda. AQŞ kuçlari Al-Jinoh, Halabda tinç aholi vakillari va fuqarolik infratuzilmasini masjidga hujum vaqtida himoya qiliş böyiça kerakli çoralarni körmagan. Bu xalqaro gumanitar huquqning buzilişi sanaladi», - deyiladi hisobot matnida.
Ta'kidlanişiça, gap 2017 yilning 1 martidan 7 iyuliga qadar bölgan davr haqida bormoqda. Hisobot mualliflarining iddao etişiça, bu vaqt davomida 190 ming inson öz uyini majburan tark etgan, koalitsiya aviazarbalari köplab tinç aholi vakillarining ölimiga sabab bölgan.












