AQŞning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heyli Reks Tillersonni Davlat departamenti rahbari lavozimida almaştirişi mumkin. Bu haqda Foreign Policy Amerika hukumatidagi manbaga asosan xabar bermoqda.
«Ötgan haftada uning ketişi, Heyli esa bu lavozimni egallaşi mumkin ekani haqida miş-mişlar avj oldi», - deya ma'lum qildi amaldor.
Naşrning xabar qilişiça, Tillersonning iste'fosi haqidagi miş-mişlarga uning sönggi vaqtlarda omma oldida kamroq köriniş berayotgani va taşqi siyosatning muhim masalalari böyiça bayonotlar bilan çiqmayotgani sabab bölgan.
Ta'kidlanişiça, Heyli Eron yadro kelişuvi va KXDR raketa-yadro dasturi kabi masalalar böyiça çiqiş qilgan.
Şu bilan birga, Davlat departamenti vakili öz rahbari iste'foga çiqişi haqidagi miş-mişlarga izoh bermagan. Uning sözlariga köra, Tillerson faol iş olib bormoqda.
Avvalroq The Washington Post naşri AQŞ prezidenti Donald Tramp borgan sari davlat kotibi Reks Tillersondan köngli qolayotgani haqida yozgandi.











