Ispaniya vakillari Rafael Nadal va Garbinya Mugurusa ayollar hamda erkaklar örtasidagi tennis reytinglarida yetakçiga aylanadi, deb xabar berildi professional tennisçilar Assotsiatsiyasining tvitterdagi rasmiy sahifasida.

Nadal ATP reytingidagi birinçi örinni öz qölida saqlab qoladi. Nyu-Yorkda bölib ötayotgan AQŞ Oçiq çempionatida jahonning birinçi raketkasi Argentina vakili Xuan Martin Del Potro bilan yarim finalda töqnaş keladi.

Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) reytingida esa Ispaniya vakilasi Mugurusa yetakçiga aylanadi. Sportçi US Open’da öz iştirokini törtinçi bosqiçda yakunladi.

2003 yildan beri ilk bor ATP va WTA reytinglarini bir davlatdan bölgan tennisçilar boşqaradi. 14 yil avval amerikaliklar Andre Agassi va Serena Uilyams yetakçiga aylangandi.

Avvalroq US Open’da sensatsiya yuz bergani xabar qilingandi.