Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirolning taxtdan qulashi. US Open’da sensatsiya
Argentinalik tennischi Xuan-Martin del Potro AQSh Ochiq chempionatining chorak finalida shveysariyalik Rojyer Federerni 7:5, 3:6, 7:6 (10:8), 6:4 hisobi bilan mag‘lubiyatga uchratdi.
Endilikda, argentinalik sportchi finalga chiqish uchun ispaniyalik Rafael Nadal bilan bahslashadi.
Tennis. Erkaklar. AQSh Ochiq chempionati. 1/4 final
R. Federer (Shveytsariya) — X. M. Del Potro (Argentina) — 5:7 6:3 6:7 4:6
Yarim finalning ikkinchi juftligida esa chorak finalda argentinalik Diyego Sebastyan Shvartsmanni yenggan Pablo Karreno-Busta (Ispaniya) hamda chorak finalda Sem Kuerridan (AQSh) ustun kelgan janubiy afrikalik Kevin Anderson o‘zaro bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 iyul kuni Federer «Uimbldon»da g‘olib chiqib, rekord o‘rnatgandi.
Mavzuga oid
19:43 / 24.09.2022
Rojyer Federer faoliyatidagi eng so‘nggi bahsni o‘tkazdi
19:58 / 15.09.2022
Rojyer Federer faoliyatini yakunlashini e’lon qildi
09:39 / 13.09.2021
Medvedev «US Open» finalida g‘alabaga erishib, Jokovichning tarixiy rekordni takrorlashiga yo‘l qo‘ymadi
00:23 / 02.03.2021