Qabul qilingan qarorga asosan, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi uçun mutaxassislar tayyorlaş respublikadagi 4 ta viloyat muassasalari qatori Andijon quriliş va transport kasb-hunar kollejiga ham yuklatilgan.

Ta'lim dargohida qisqa vaqt içida 160 örinli öquvçilar turar joyi, yuviniş xonalari, 120 öringa möljallangan oşxona, sport zali, uşbu yönaliş böyiça jihozlangan 3 ta maxsus öquv xonalari tayyor holatga keltirildi.

Kuni keça mazkur yönaliş böyiça öqişga qabul qilingan 26 nafar öquvçi, ularning ota-onalari hamda öqituvçilari bilan Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinçi örinbosari K.Aripov, viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasi boşliği F.Abdiqodirovlar iştirokida kasbga yönaltiriş borasida uçraşuv hamda uşbu yönaliş uçun ajratilgan binoning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. 

- Soha mutasaddilari bilan uçraşuv jarayonida Prezident qarorining mazmun-mohiyati, favqulodda vaziyatlar davlat tizimidagi mutaxassislik kasblarga yönaltiriş, favqulodda vaziyatlarda harakat qiliş, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş hamda şu sohadagi vazifalarni bajariş böyiça amaliy könikmalar öquvçilarga singdirildi, - deydi viloyat örta maxsus, kasb-hunar ta'limi boşqarmasi boşliği Furqatbek Buzrukov. 

Tadbir davomida 10 nafardan ziyod öquvçining mavzuga oid fikr-mulohazalari tinglandi hamda savollarga javob berildi. 

KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon.