Ispaniyaning Kataloniya muxtor hamjamiyatida yana mustaqillik böyiça referendum ötkaziladigan böldi. 6 sentabrda muxtoriyat parlamenti bu masala böyiça umumxalq referendumi ötkaziş qonunini qabul qildi. Uni parlamentning 135 a'zosidan 72 nafari qöllab-quvvatladi.
Kataloniya hukumati raisi Karles Puçdemon muxtoriyatning Ispaniya tarkibidan çiqişi böyiça referendum ötkaziş közda tutilgan uşbu qonunni imzoladi.
Referendumni 1 oktabrda ötkaziş belgilandi. Bu haqda tvitterda katalon hukumati matbuot xizmati boşliği Jaume Klote ma'lum qildi. Uşbu qonun katalon parlamenti muxolifati, Ispaniyaning yetakçi partiyalari va mamlakat hukumati tomondan noqonuniy deb hisoblanmoqda.
Ispaniya boş vaziri Mariano Raxoy mamlakat konstitutsiyaviy sudiga uşbu qaror böyiça da'vo arizasi bermoqçi.
Qonunga köra, agar Kataloniyaning köpçilik aholisi mustaqillik uçun ovoz bersa, muxtoriyat zudlik bilan qirollik tarkibidan çiqadi. Agar mustaqillik tarafdorlari kamçilikni taşkil qilsa, muxtoriyatda yangi saylovlar bölib ötadi.
Avval ham Kataloniyada mustaqillik böyiça referendum ötkazilgan. Bu referendum Madrid tomondan noqonuniy deb topilgan.












