Şveytsariya fuqarolari referendumda mamlakatning doimiy aholisi sonini 10 mln nafardan oşirmaslik haqidagi taklifni qabul qilmadi. Bloomberg ma’lumotlariga köra, ovoz berganlarning 55 foizi uşbu taşabbusga qarşi çiqqan.
«10 mln aholili Şveytsariyaga qarşi / Barqaror rivojlaniş taşabbusi» ğoyasini mamlakatning eng yirik öng konservativ partiyasi — Şveytsariya xalq partiyasi ilgari surgandi.
Taklifda mamlakat aholisi 2050 yilgaça 10 mln kişidan oşmasligi közda tutilgan, agar bu körsatkiç ikki yil içida oşsa, Şveytsariya 2002 yildan buyon amal qilib kelayotgan Yevropa Ittifoqi bilan erkin harakatlaniş töğrisidagi kelişuvni bekor qilişi lozim edi. Uşbu kelişuv Şveytsariya va YeI davlatlari fuqarolariga belgilangan qoidalar asosida bir-birining hududida yaşaş va işlaş huquqini beradi. Şu bilan birga, Şveytsariya Yevropa Ittifoqi yoki Yevropa iqtisodiy hududi tarkibiga kirmaydi va Bryussel bilan munosabatlarni ikki tomonlama asosda olib boradi.
Ötgan yil oxirida Şveytsariya aholisi 9,1 mln nafarni taşkil etgan. 2024 yil holatiga köra, mamlakatda taxminan 89 ming nafar migrant qoçqin yoki boşpana sörovçisi maqomiga ega bölgan.
Şveytsariya Federal statistika boşqarmasining ötgan yilgi prognoziga köra, mamlakat aholisi migratsiya hisobiga ösişda davom etadi va 2055 yilga borib taxminan 10,5 million kişiga yetadi. Şu bilan birga, tuğiliş darajasi past bölib, tabiiy ösiş deyarli nolga teng.












