Milliy statistika qömitasi Özbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatda ötgan davr mobaynida qayd etilgan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy özgarişlarni raqamlarda taqdim etdi.
Maʼlumotlarga köra, 1991-yilda Özbekistonning doimiy aholisi 20,6 million kişini taşkil etgan bölsa, 2026-yil 1-yanvar holatiga bu körsatkiç 38,2 million kişiga yetgan. Şu tariqa, 35 yilda mamlakat aholisi 17,6 million kişiga yoki qariyb 85 foizga köpaygan.
Iqtisodiyot hajmida ham sezilarli ösiş qayd etilgan. 1994-yilda Özbekiston yalpi içki mahsuloti 6,4 milliard AQŞ dollarini taşkil etgan bölsa, 2025-yilda 147,1 milliard dollarga yetgan.
Taşqi savdo aylanmasi 1991-yildagi 3,3 milliard dollardan 2025-yilda 82,8 milliard dollargaça oşgan. Eksport hajmi esa şu davrda 1,8 milliard dollardan 34,2 milliard dollarga yetgan.
Investitsiyalar hajmi 1991-yilda 1,1 milliard dollarni taşkil etgan bölsa, 2025-yilda 48,5 milliard dollarga yetgan. Quriliş işlari hajmi ham 1995-yildagi 611 million dollardan 2025-yilda 25 milliard dollargaça köpaygan.
Sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 1991-yilda 3 milliard dollar bölgan. 2025-yilga kelib uşbu körsatkiç 87,5 milliard dollarni taşkil etgan.
Taʼlim sohasida ham muassasalar soni ortgan. Xususan, 1991-1992 öquv yilida mamlakatda 52 ta oliy taʼlim taşkiloti faoliyat yuritgan bölsa, 2025-2026 öquv yilida ularning soni 215 taga yetgan.
Umumiy örta taʼlim taşkilotlari soni esa 8 557 tadan 11 118 taga köpaygan.
Soğliqni saqlaş sohasida 1991-yilda 1 388 ta şifoxona mavjud bölgan bölsa, 2024-yilda ularning soni 1 972 tani taşkil etgan. Aholining örtaça umr köriş davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoşdan 2025-yilda 75,4 yoşga yetgan.
Aholining transport vositalari va aloqa qurilmalari bilan taʼminlanganlik körsatkiçlari ham ösgan. 2010-yilda har 100 ta uy xöjaligiga 21 ta avtomobil töğri kelgan bölsa, 2025-yilda bu körsatkiç 61 taga yetgan. Har 100 ta uy xöjaligiga töğri keladigan mobil telefonlar soni esa şu davrda 145 tadan 359 taga köpaygan.
Özbekistonga turistlar taşrifi 2012-yilda 1,9 million nafarni taşkil etgan bölsa, 2025-yilda 11,7 million nafarga yetgan.
Şuningdek, faoliyat körsatayotgan korxona va taşkilotlar soni 2010-yilda 201 mingta bölgan. 2026-yil 1-yanvar holatiga ularning soni 474,9 mingtani taşkil etgan.








