JAR politsiyasi mamlakat prezidenti Jyeykob Zuma va işbilarmon Guptlar oilasi örtasidagi elektron yozişmalarni örganib çiqmoqda. Politsiya uni şaxsiy aloqalarini suiste'mol qilganlikda gumon qilmoqda. Reuters şu haqida xabar berdi. 

"Elektron xatlarni örganib çiqiş zarur", - deydi prokuror Şaun Abraxams.

2016 yilning oxirida News24 mahalliy yangiliklar portali vazirlar mahkamasining uç a'zosi JAR prezidentini öz lavozimini tark etişga çaqirgani haqida xabar bergan edi. Ular muqobil variant sifatida partiya ijroiya qömitasida prezident iste'fosini ovozga qöyişni taklif qilişgan. JAR vazirlar mahkamasining boşqa uç a'zosi esa bunga qarşi çiqqan. 

Davlat rahbarining ehtimoliy iste'fosiga sabab sifatida uning badavlat Guptalar oilasi vakillari bilan prezidentga xos bölmagan munosabatlari, hukmron partiyani qöllab-quvvatlaşni kamaytirişi va Zumaning moliyaviy holati bilan boğliq mojarolar keltirilgan.