«Televizorni qöysam, Angliya terma jamoasi Malta bilan öynayotgan böladi. Şarhlovçining raqib futbolçilaridan birining böş vaqtida sartaroşlik qilişini ayta boşlaganda, bu futbol emas, deyman özimga özim. Terma jamoalar uçun ajratilgan haftalarni yomon köraman, qaniydi tezroq liga öyinlari boşlansa». Bu sobiq murabbiy, ingliz mutaxassisi Harri Rednappga tegişli sözlar.

Biz ham terma jamoamizning öyiniga qarab turib, xuddi Rednapp kabi «bu futbol emas» deb qöygan bölsak ham, zerikmadik. Endi esa. Yanayam qiziqroq böladi. E'tiboringizga dam oliş kunlari bizni kutayotgan eng qiziqarli öyinlar önligini havola etamiz.

MeTTs – PSJ

8 sentabr. 23:45.

Parijliklarning transfer bozoridagi xaridlari nafaqat klub uçun, balki Liga 1 uçun ham juda foydali bölişi tabiiy. Odatda, musobaqaning navbatdagi öyini sifatida qaraladigan bu öyinni futbol muxlislariga tavsiya qilgan bölardik. Zero Kilian Mbappe va Neymarning Parij klubida qay darajada özlarini körsatişlari, Kavani, Di Mariya kabi futbolçilar bilan qanday kuç xosil qilişlarini kuzatib boriş qiziq bölsa kerak.

«Metts»esa, mavsumni juda yomon boşladi – 4 öyin, 4 mağlubiyat. Buning ustiga navbatdagi sinov, axir beçoralarning avvalgi mehmoni «Monako» bölgandi.

(Uşbu öyinni «Sport» telekanalida Xayrulla Hamidov şarhida tomoşa qilişingiz mumkin)

 

MANÇeSTeR SITI – LIVeRPUL

9 sentabr. 16:30.

«Liverpul»ning Yurgen Klopp boşçiligida top jamoalarga qarşi öyinlari alohida diqqatga sazovor. Ötgan mavsumda jamoa kuçli oltilikka qarşi ötgan öyinlarning birortasida ham mağlub bölmagandi. Xususan, «Mançester Siti» ham uyda, ham safarda mağlub etilgan.

Şuningdek, balki Filippe Koutinoning ham maydonga tuşişini kutişimiz mumkin. Futbolçi Braziliyadan qaytdi va jamoasi bilan maşğulotlarga kirişdi. 

«Liverpul» hali ham öşa-öşa, özgargani yöqligini «Arsenal»ga qarşi öyinda kördik. Çempionlik uçun eng asosiy da'vogar sanalayotgan Pep Gvardiola şogirdlari esa, allaqaçon öz maydonlarida oçko yöqotib ulgurişdi. Liverpulning boşqa klubi bilan öyinda...

 

EVeRTON – TOTTeNHEM

9 sentabr 19:00

Liverpulning boşqa klubi transfer oynasida eng faollardan biri böldi. Ayniqsa hujum çiziğini Sandro Ramires, Ueyn Runi, Gulfi Sigurdsson kabi yangi futbolçilar taşkil qilmoqda. Albatta, jamoaning şakllanib oliş davrida kuçli raqiblarga duç kelib bir tomondan foyda. Har qanday holatdayam qiyin öyinlarni mana şu paytda ötkazib oliş, keyin esa, osonroq raqiblar bilan öynaş - qulay taqvim.

Xullas, «Mançester Siti» va «Çelsi» sinovidan keyin Kuman şogirdlari «Tottenhem» sinovidan ötişadi. London klubi hozirça u qadar işonçli harakat qilmayotgan bölsa-da, eng xavfli raqiblardan biri. Uzoq vaqt transfer bozorida sokin bölgan Poçetinno sönggi kunlarda Devinson Sançes, Serjio Ore va Fernando Lorente kabi futbolçilarni sotib oldi. Buning ustiga avgust tugadi, demak, Harri Keyn ham bemalol gollar urişi mumkin.

 

NITsTsA – MONAKO

9 sentabr. 20:00

«Monako»ni kuzatiş bu yil yanada qiziq böladi. Deyarli barça yetakçilarini sotib, transfer bozorida 300 million yevroga yaqin daromad qilgan Fransiya çempioni endi yangi körinişda, yangi tarkibda «PSJ»ga qarşilik qilişda davom etadi. Hozirça, ular buni uddalaşyapti – 4 öyinda 4 ğalaba.

Ötgan mavsumda çempionlik uçun sönggi turlargaça kuraş olib borgan nitstsaliklar esa, hozirça u qadar yaxşi taassurot qoldira olişmayapti. Ammo aynan «Monako» kabi raqiblarga qarşi, ayniqsa, öz maydoida «Nitstsa» baribir xavfli raqib bölib qolaveradi va öyin juda qiziqarli keçsa kerak.

 

LeSTeR – ÇeLSI

9 sentabr. 19:00

Premer Liganing sönggi çempionlari Lesterda töqnaş keladilar. Uslub jihatidan bir-biriga juda yaqin bölgan jamoalar. 

«Byornli»dan öz maydonidagi mağlubiyat, jarohatlar va diskvalifikatsiyalar, transfer bozoridagi ğalati voqealardan söng, «Çelsi»da ikki yil avvalgi ssenariy takrorlanişi mumkinligini taxmin qila boşlaşgandi. Ammo Konte jamoasi tezda özini önglab oldi va ikki kuçli raqib ustidan işonçli ğalabaga erişdi.

«Lester»ni esa, ikki mağlubiyatda ayblaş qiyin – ular «Emiraytes» va «Old Trafford»da mehmon bölgandilar. Öz maydonida esa, Şekspir şogirdlari har qanday raqibga qarşilik qila olişi mumkin.

Yana bir e'tiborga molik jihat, Denni Drinkuoter sobiq jamoasiga qarşi maydonga tuşişi mumkin.  

 

HOFFeNHAYM – BAVARIYa

9 sentabr. 21:30

Ötgan mavsum kaşfiyotlaridan biri «Hoffenhaym» klubi Çempionlar Ligasi guruh bosqiçiga yöl ololmadi. Ammo Bundesligada hali ham kuçli raqib sifatida qolmoqda. Ötgan mavsumda bu klub «Bavariya» ustidan ğalaba qozonişning uddasidan çiqqan edi.

«Bavariya» boşqa ligalardagi yetakçilar singari, hozirça yöqotişsiz bormoqda. Ammo Jyerom Boateng, David Alaba kabi himoyaçilar Ançelottiga yordam bera olmasliklari mumkin. Öz navbatida «Hoffenhaym» ham bir neça yetakçilarsiz maydonga tuşadi – Adam Salai, Serj Gnabri, şuningdek, Benjamin Xöbnerning tuşişi ham söroq ostida turibdi. 

 

STOK SITI – MANÇeSTeR YuNAYTeD

9 sentabr. 21:30

Joze Mourino şogirdlari hozirça yuz foizlik natija körsatib kelayotgan bölişsa-da, ular uçun haqiqiy sinov endi boşlanişi mumkin. Çunki ilk turlardagi raqiblar, tan oliş kerak, u qadar kuçli emas edi.

«Arsenal» ustidan ğalaba qozongan «Stok Siti» öz maydonida eng xavfli raqiblardan sanaladi. Xususan, «Mançester Yunayted» uçun noqulay – mançesterliklar «Britaniya»da oxirgi marta Fergyuson davrida ğalaba qozonganlar. Keyingi öyinlar ikki mağlubiyat va ikki durang bilan yakunlangan.

Kurt Zuma,  Kevin Vimmer kabi himoyaçilarni sotib olgan «Stok Siti» peşqadamga yetarliça qarşilik körsata oladi. Hujumda ham gol uradigan yigitlar bor.

 

VALeNSIYa – ATLeTIKO

9 sentabr. 19:15

Afişa nuqtai nazaridan tarixiyroq körinsa-da, ayni pallada, ayniqsa, mavsum boşida bu uçraşuv ham juda qiziq ötişi kutilmoqda.

«Valensiya» ayniqsa, ötgan turda Madridda juda yaxşi öyin körsatdi va «Real»dan oçko olişni uddaladi. Hatto ğalaba qozonişi mumkin.

«Atletiko» esa, qatorasiga uçinçi öyinni safarda ötkazmoqda. Birinçi turda debyutant bilan durang qayd etilgan bölsa-da, Las Palmasda jamoa öziga keldi va yirik ğalabaga erişdi.

Şuningdek, Diyego Simeone bilan tuzilgan yangi şartnoma jamoani yanada jipslaştirişi va kuçaytirişi mumkin.

 

BARSeLONA – ESPANOL

9 sentabr. 23:45

Kataloniya derbisi. Har doimgidek qiziq böladi.  Jamoalarning sönggi uç öyinida «Barselona» yirik hisobda ğalaba qozongan bölsa-da, har bir öyinda «Espanol» yetarliça qarşilik körsatganini ta'kidlaş mumkin.

«Espanol» ötgan turda öz maydonida mağlubiyatga uçragan bölsa-da, birinçi turda safarda “Sevilya” kabi kuçli jamoa bilan munosib öynab, durangga erişgandi.

Bundan taşqari, «Barselona»ning yangi xaridlari Poulino va Usmon Dembelening nihoyat maydonda köriş barça uçun qiziqarli bölsa kerak.

 

LATsIO – MILAN

10 sentabr. 18:00

Kelasi hafta Yevropa Çempionlar Ligasi boşlanişi munosabati bilan, peşqadam jamoalarning hammasi şanba kuni maydonga tuşişadi.

Yakşanbada zerikib qolsangiz, albatta, A Seriyaning mana şu öyinini tomoşa qilişingiz mumkin. Azaliy Rim va Milan töqnaşuvi. 

«Milan» mavsumni juda kuçli boşladi, Italiya çempionatida ham, Yevropa Ligasida ham faqat ğalaba qozonib kelmoqda. 

Bir qator yetakçilarini saqlab qola olgan «Latsio» ham ötgan ikki turda mağlubiyatga uçragani yöq. Umuman mavsumni «Yuventus» ustidan qozonilgan ğalaba, ya'ni Italiya Superkubogi sovrini bilan boşlagan jamoada kayfiyat ança yaxşi bölişi tabiiy. Marketti, Filipe Anderson kabi futbolçilar hali ham jarohatdan tiklanib ulgurmagan bölişsa-da, rimliklar tarkibida yetarli örinbosarlar bor.

 

Qahramon Aslanov tayyorladi.