Bugun, 7 sentabr kuni Oliy Ligada 20-tur öyinlariga start berildi. Farğonada «Neftçi» «Buxoro»ni qabul qildi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda mehmonlar gol urib, ğalabaga erişdi.

Vladimir Bayenko 39-daqiqada hisobni oçgandi, 69-daqiqada Muzaffar Muzaffarov mezbonlarning javob golini urdi.

Ammo qöşimça daqiqalar ötib borayotgan vaqtda Azamat Allaniyozov «Buxoro»ga ğalaba keltiruvçi golni urdi.

Bu natijadan keyin «Buxoro» oçkolari sonini 36taga yetkazib, turnir jadvalining ikkinçi poğonasiga mustahkam joylaşdi. «Neftçi» esa navbatdagi mağlubiyatdan keyin 13 oçkosi bilan turnir jadvalining quyi qismida qolmoqda. 15-örindagi jamoa «Obod» bilan birga bu mavsum yakunida ligani tark etişga asosiy da'vogar bölib turibdi. Vadim Abramov şogirdlari 14-örindagi «Şörtan»dan bitta öyin köp ötkazgan holda 6 oçko ortda bormoqda.

Oliy Liga
20-tur
«Neftçi» (Farğona) – «Buxoro» (Buxoro) 1:2 
Gollar: Vladimir Bayenko 39, - 0:1. Muzaffar Muzaffarov 69, - 1:1. Azamat Allaniyozov 90+3, - 1:2.
«Neftçi»: Ötkir Yusupov, Doston Tursunov, Kamron Kapadze (Abdujamol Isroilov, 46), Ibrohim Rahimov, Bobur Yöldoşev, Dilyor Irmatov, Muzaffar Muzaffarov, Mansur Saidov, Jasur Hasanov (Möydin Mamazulumov, 54), Temur Hakimov, Alişer Şoğulomov (Otabek Xaydarov, 67).
«Buxoro»: Akmal Tursunboyev, San'at Şixov (Ergaş Ismoilov, 72), Artyom Filiposyan, Robbim Hasanov, Vladimir Bayenko, Alişer Samatov, Tohir Şamsiddinov, Salamat Qutiboyev, Ivan Nagayev (Azamat Allaniyozov, 46), Alişer Sanoyev (Ivor Veytser, 76), Javohir Qaxramonov.