Olimlar Tinç okeanida şakllangan El-Nino kutilganidan tezroq kuçayayotganini qayd etmoqda. NOAAʼning yangilangan prognozida 2026-yil kuzi va 2026–2027-yil qişida juda kuçli El-Nino kuzatilişi ehtimoli 90 foizdan yuqori ekani bildirilgan.
Bundan ham muhimroği, oktyabr–dekabr davrida El-Nino intensivligini ifodalovçi körsatkiç me’yordan 2,5 daraja Selsiy yoki undan yuqori bölişi ehtimoli 69 foizga baholanmoqda. Agar uşbu prognoz amalga oşsa, joriy El-Nino NOAA kuzatuvlari boşlangan 1950-yildan buyon qayd etilgan eng kuçli hodisaga aylanişi mumkin.
Avvalgi prognozlarda ham El-Nino kuçli bölişi kutilgan edi. Biroq Tinç okeanidagi suv haroratining jadal kötarilişi va okean hamda atmosfera örtasidagi boğliqlikning kuçayişi olimlarni prognozlarni qayta körib çiqişga undadi.
Masalan, NOAA iyun oyida juda kuçli El-Nino ehtimolini 63 foizga baholagan edi. Öşa paytda ham hodisa 2026–2027-yil qişiga qadar kuçayib borişi va tarixdagi eng yirik El-Nino hodisalari qatoriga kirişi mumkinligi aytilgan.
El-Nino qaçon eng yuqori nuqtaga çiqadi?
Kompyuter modellariga köra, El-Ninoning eng kuçli davri kuz oxiri va qiş boşiga töğri kelişi mumkin.
Olimlar okean haroratini baholaşda bir kunlik yoki qisqa muddatli körsatkiçlarga emas, balki bir neça oylik örtaça qiymatlarga e’tibor qaratadi. Bu okeandagi qisqa muddatli harorat özgarişlarining umumiy prognozga ta’sirini kamaytiriş imkonini beradi.
El-Ninoning jadal kuçayişiga Tinç okeanining tropik qismida töplangan katta miqdordagi issiqlik ham ta’sir qilmoqda. NOAA ma’lumotlariga asoslangan tahlillarda okean yuzasi ostida ayrim hududlarda harorat me’yordan 10 darajagaça yuqori ekani qayd etilgan.
Rekord yangilanişi mumkin
NOAA El-Nino intensivligini 1950-yildan buyon kuzatib keladi. Yangi hodisa tarixdagi eng kuçli El-Nino davrlari bilan raqobatlaşişi, hatto ulardan ham kuçli bölişi mumkin.
Xususan, 1982–1983 va 1997–1998-yillarda juda kuçli El-Nino hodisalari kuzatilgan. Joriy prognoz amalga oşsa, 2026-yilgi hodisa uşbu tarixiy körsatkiçlardan ham yuqori darajaga çiqişi mumkin.
Qurğoqçilik va toşqinlar xavfi oşişi mumkin
Dunyoga rekord darajada kuçli El-Nino yaqinlaşmoqda
09:19 / 17.08.202662 4474 min
Tinç okeanida kuçayib borayotgan El-Nino hodisasi kuzatuvlar tarixidagi eng kuçlisiga aylanişi mumkin. AQŞ Milliy okean va atmosfera tadqiqotlari boşqarmasi (NOAA) bahosiga köra, 2026-yil oktyabr–dekabr oylarida El-Ninoning tarixiy darajaga yetiş ehtimoli qariyb 70 foizni taşkil etmoqda.













