Olimlar köpinça kelasi ön yilliklarga möljallangan iqlim maqsadlari haqida gapiradi, şu bois dunyoda global isişning eng oğir oqibatlarini töxtatiş uçun hali vaqt bordek tuyulişi mumkin. Ammo BMT yangi hisobotida bu fursat allaqaçon boy berilgani qayd etilgan. Sanoatlaşuvdan oldingi davrga nisbatan haroratning 1,5 darajaga oşişi muqarrar va bu yaqin yillarda sodir böladi.

Uşbu meyor uzoq vaqtdan beri iqlimdagi xavfli buriliş nuqtalari bilan boğlanadi. Gap okean oqimlarining buzilişi, abadiy muzliklarning jadal erişi va tropik marjon riflarning yöq bölib ketişi haqida bormoqda. Bularning barçasi sayyoradagi hayotni özgartirib yuborişi mumkin bölgan ortga qaytmas oqibatlar sanaladi.

Aksariyat tadqiqotçilarning hisob-kitoblariga köra, dunyoda hozir harorat taxminan 1,4 darajaga oşgan. Agar iqlim böyiça berilgan barça vaʼdalar bajarilgan taqdirda ham, BMT harorat kamida 1,8 darajagaça kötarilişini başorat qilmoqda. Hozirgi siyosat saqlanib qolsa, asr oxiriga borib isiş 2,6 darajaga yetişi mumkin.

Bunday ssenariy muqarrar deb hisoblanmaydi, biroq u ança qatʼiy çoralarni talab etadi. BMT 1,5 darajalik maqsadga yuqori çegara sifatida emas, balki kelajakda saqlab qolinişi zarur bölgan minimal daraja sifatida qaraşni taklif qilmoqda. Buning uçun dunyo asrning ikkinçi yarmida karbonat angidrid (CO2) çiqarişni barqaror ravişda kamaytirişga erişişi va boşqa issiqxona gazlarini qöşimça ravişda qisqartirişi kerak böladi.

Hisobot mualliflari hozir qabul qilinayotgan qarorlar global isişni 1,5 daraja atrofida uşlab turiş imkoniyati qolişi yoki qolmasligini belgilab berişini taʼkidlamoqda.

BMT Atrof-muhit dasturi ijroçi direktori Inger Andersen CBC News naşriga bergan intervyusida bu maqsad öz dolzarbligini yöqotmaganini aytdi. Uning sözlariga köra, haroratning har öndan bir darajasini pasaytiriş orqali kelajakdagi zararni kamaytiriş mumkin.