Hindistonda bir oylik çaqaloqning 7 ta tişi olib taşlandi. Uşbu noodatiy operatsiya Gujorat ştatida amalga oşirildi, deb xabar bermoqda BBC.
Ma'lum qilinişiça, çaqaloqning tişlari u tuğilgandan bir neça kun keyin aniqlangan. Pediatr bolani körikdan ötkazgaç, uni tiş jarrohiga jönatgan. Jarroh bola oğzida tölaqonli tişlar borligini, biroq ular mustahkam bölmagani uçun çiqib ketişi mumkinligi sababli ularni olib taşlaşni buyurgan. Agar bunday qilinmasa, bolaning çiqib ketgan tişlari uning tomoğiga tiqilib qolişi mumkin edi.
OAVning ma'lum qilişiça, operatsiya ikki bosqiçda ötgan va muvaffaqiyatli yakunlangan. Şifokorlar dastlab 4 ta, keyin esa qolgan 3 ta tişni olib taşlaşgan. Hozirda bolakayning ahvoli yaxşi. Biroq şifokorlar bolaning tişlari olib taşlanişi kelgusida uning tişlari rivojlanişiga qanday ta'sir qilişi mumkinligi noma'lumligini aytişgan.











