AQŞ prezidenti Donald Tramp Qatar amiri şayx Tamim bin Hamad al-Taniy bilan telefon muloqoti ötkazdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bermoqda.

Amerika yetakçisi suhbat davomida arab davlatlari tomonidan Ar-Riyodda joriy yilning may oyi oxirida erişilgan kelişuvlarga rioya etiş muhimligini ta'kidlab ötdi. Xususan, Tramp terrorizm va ekstremistik mafkura bilan kuraşda birdamlikni saqlab qolişga çaqirdi.

«Şuningdek, prezident Tramp va amir al-Taniy Eron tomonidan mintaqaviy barqarorlik uçun saqlanib qolayotgan tahdidni ham muhokama qildilar», - deyiladi xabarda.

Avvalroq 4 arab davlati Qatar böyiça bayonot bilan çiqqani xabar berilgandi.