Misr, Saudiya Arabistoni, Bahrayn va BAA Qatarni Fors körfazidagi mojaroga yeçim topişga qaratilgan muzokaralar uçun qandaydir boşlanğiç talablar qöymaslikka çaqirdi. Bu haqda Dohaga boykot e'lon qilgan tört davlatning qöşma bayonotida aytiladi.

"Boşlanğiç talablarning ilgari surilişi Qatar terrorizmni qöllab-quvvatlaşni va boşqa davlatlarning içki işlariga aralaşişni bas qiliş böyiça murojaatlarga e'tiborsizlik bilan munosabatda bölayotganini tasdiqlaydi", - deyiladi Sky News Arabia telekanali tomonidan keltirilgan bayonot matnida.

Avvalroq Doha qöşnilari bilan muzokaralar boşlaş uçun boşlanğiç talab sifatida blokadani olib taşlaşni taklif qilgandi.

Şuningdek, arab davlatlarining bayonotda ta'kidlaşiça, Qatarga harbiy aralaşuv böyiça qandaydir rejalar tuzişmagan.

Bundan avval Saudiya Arabistoni Qatar bilan inqirozning davom etişiga tayyorligini aytgandi.