JAR prezidenti Jyeykob Zuma öz partiyasi – Afrika xalq kongressining (AXK) Ğarbiy-Kapa viloyatidagi saylovlarda Demokratik alyans ustidan ğalaba qozona olmaganini jodugarlik bilan tuşuntirdi. Bu haqda Sowetan naşri xabar bermoqda.
“Men ular qayerdan omadni olişganini bilmayman, çunki ulardan köpçiligi yaxşi yaşamaydi. Bilmadim, balki bu jodugarlikdir”, deb aytgan Zuma Lvandle şahridagi nutqida.
Uning aytişiça, Ğarbiy-Kapa viloyatidagi saylovlarda “ruhlar” iştirok etgan bölişi mumkin.
2016 yilda JARning muxolif partiyasi hisoblanadigan Demokratik alyans Ğarbiy-Kapa viloyatidagi mahalliy öz özini boşqariş organlariga saylovlarda ğolib bölgandi. Muxolifat Keyptaun munitsipalitetidagi uçdan ikki örinni egallagan.












