Bugun, 10 sentabr kuni Toşkentning Amir Temur xiyobonida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Huquqbuzarlar profilaktikasi boş boşqarmasi tomonidan tayanç punktlari profilaktika inspektorlarining tantanali qasamyod qabul qiliş marosimi ötkazildi. Bu haqda tadbirda iştirok etgan KUN.UZ muxbiri xabar beradi.

Şu kuni 150 nafar inspektorga imtiyozli ravişda berilayotgan şaxsiy avtomaşinalar kaliti hamda xizmat uylari topşirildi. 

Marosimda hukumat a'zolari, Vazirlik rahbariyati, davlat boşqaruv organlari, jamoatçilik vakillari, profilaktika inspektorlarining oila a'zolari va yaqinlari iştirok etişdi.

Qasamyod qabul qiliş marosimi yakunlanganidan söng, Vazirlik rahbarlari tabrik uçun sözga çiqişdi. 

Marosim söngida barça inspektorlarga yengil maşina kalitlari tantanali ravişda taqdim etildi. Şuningdek, Prezidentimizning 2017 yil 20 apreldagi qaroriga muvofiq, profilaktika inspektorlariga özlari xizmat qilayotgan hududdan oila a'zolari bilan yaşaşi uçun xizmat uylari ham ajratildi. 

Marosimdan tayyorlangan maxsus fotoreportajni tomoşa qiling.