Gap islom olamida ilmiy va iqtisodiy işlarni kengaytiriş uçun möljallangan norasmiy guruh tuziş haqida ketmoqda.
Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev G20 davlatlari taşkiloti singari, Islom hamkorligi taşkilotiga a'zo 15 yetakçi davlat iştirokida ilm-fan va iqtisodiyotni rivojlantirişga yönalgan taşkilot tuziş taşabbusini ilgari surdi. Bu haqida Qozoğiston yetakçisi yakşanba kuni Ostona şahrida bölib ötgan Islom hamkorligi taşkilotining ilm-fan va iqtisodiyot masalalari böyiça sammitida çiqiş qilgan.
«Fikrimça, G20 singari forum, norasmiy guruh çaqirib, islom olamida ilm-fan va iqtisodiyotni rivojlantirişimiz kerak. Islom hamkorligi taşkilotining yetakçi 15 davlatidan IH15 taşkiloti tuziş mumkin böladi. Ilm-fan va texnologiyaning rivojlanişi biz uçun öta muhim», — degan Nazarboyev.
Qozoğiston prezidentining sözlariga köra, Islom hamkorligi taşkilotining zamonaviy rivojlaniş masalalari böyiça maxsus kengaşini tuziş imkonini beradigan muayyan harakatlar rejasi ham kerak böladi. «Menimça, umumiy ilmiy-innovatsion fondning tuzilişi ham töğri qaror bölar edim», — deya ta'kidlagan Nazarboyev.












