Ozarboyjon myanmalik qoçqinlarga insonparvarlik yordamini yölladi. Bu haqida mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev bayonotiga asoslanib, RIA "Novosti" xabar berdi.
"Biz musulmonlarga qarşi amalga oşiriladigan jinoyatlarni, xususan, yaqindagina Myanmada röy bergan hodisalar, ommaviy qirğin va zöravonlikni keskin qoralaymiz", - dedi Aliyev Islom hamkorlik taşkiloti (IHT)ning fan va texnologiyalarga bağişlangan sammiti davomida sözga çiqar ekan.
Ilhom Aliyev xalqaro taşkilotlar, jahon hamjamiyati, şuningdek siyosiy va diniy yetakçilarni Myanmadagi muammoni hal qiliş uçun qarorlar qabul qilişga çaqirdi.
"Şuni qayd etmoqçi edimki, 8 sentabr kuni rohingya qoçqinlariga Ozarboyjon tomondan 100 tonna oziq-ovqat mahsulotlari yöllandi", - dedi Aliyev.












