Germaniya kubogi finalida «RB Leypsig»ga «Bavariya» raqiblik qiladigan böldi.

Myunxen klubi keça yarim finalda «Verder» mehmoni bölib, 3:2 hisobida ğalaba bilan qaytdi. Öyinning 74-daqiqasiga qadar mehmonlar Levandovski va Myullerning gollari evaziga 2:0 hisobida oldinda borişayotgandi. Ammo mezbon bremenliklar ikki daqiqa içida ketma-ket ikkita gol urib, muvozanatni tiklaşga muvaffaq böldilar. Sönggi ön daqiqalik boşlangan vaqtda esa Levandovski ikkinçi marotabada penaltini aniq amalga oşirdi (u birinçi bölimda ham 11 metrlik nuqtadan hisobni oçgandi) va bu gol öyindagi oxirgisi bölib qoldi.

Qayd etiş kerak, «Bavariya» 23-marotaba Germaniya kubogi finaliga çiqib, turnir rekordini yangiladi. Jamoa 18 marotaba uşbu musobaqada boş sovrin sohibi bölgan.

Niko Kovaç jamoasi finalni 25 may kuni Berlinda «RB Leypsig»ga qarşi ötkazişadi.

Germaniya kubogi
1/2 final, 24 aprel
Verder – Bavariya 2:3 (0:1, 2:2)
Gollar: 0:1 – 36, penalti Levandovski, 0:2 – 63 Myuller, 1:2 – 74 Osako, 2:2 – 75 Raşitsa, 2:3 – 80, penalti Levandovski.
Verder – Pavlenka, Velkoviç, Augustinsson (Xarnik, 81), Gebre Selassiye, Moysander, Eggeştayn, Mevald (Pisarro, 65), Raşitsa, Klassen(Eggeştayn, 89), Osako, Kruze.
Bavariya – Ulrayx, Boateng, Alaba, Kimmix, Xummels, Gnabri (Goretska, 58), Martines, Alkantara (Xames, 76), Koman, Myuller (Rafinya, 89), Levandovski.
Ogohlantirişlar: Klassen (25), Xummels (26), Kruze (84), Xames (84), Levandovski (90).

23 aprel
Gamburg – RB Leypsig 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 12 Poulsen, 1:1 – 23 Djatta, 1:2 – 53, avtogol Yaniçiç, 1:3 –72 Forsberg.

Final
25 may. Berlin, «Olimpiya» stadioni
RB Leypsig – Bavariya