Bundesliganing 16-turida Dortmundning «Borussiya» klubi Bremenning «Verder» klubini qabul qildi. «Signal Iduna Park» stadionida keçgan uçraşuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
«Asalarilar» öyinning 19-daqiqasida Pako Alkaserning goli evaziga hisobni oçdi. 27-daqiqada «Borussiya» Marko Roysning goli evaziga hisobdagi ustunlikni oşirdi. Bir daqiqa ötib «Verder» hujumçisi Maks Kruze bitta javob goli urdi. Öyinda hisob boşqa özgarmadi.
Bu ğalaba «Borussiya» ğalabali seriyasini 6 öyinga yetkazdi va 15 turdan keyin 39 oçko jamğargan holda Bundesliga turnir jadvalida peşqadamlikni davom ettirdi. Lyusen Favr jamoasi eng yaqin ta'qibçilari «Borussiya» Myonxengladbaxni va «Bavariya»ni 9 oçko ortda qoldirgan. Dortmundliklar birinçi davrani çempionlik bilan yakunlaşi aniq böldi.
«Borussiya» öz tarixida şu vaqtgaça 3 marta birinçi davrani peşqadamlik bilan yakunlagan (1994/95, 1995/96 va 2010/11). Jamoa bu mavsumlarning barçasida Germaniya çempioni bölgan.
Germaniya çempionati
16 tur
Borussiya D – Verder 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 19 Pako Alkaser, 2:0 – 27 Roys, 2:1 – 35 Kruze.
Borussiya D – Byurki, Pişçek, Akandji, Diallo, Xakimi, Vittsel, Dileyni, Sanço (Filipp, 90), Roys, Gerreyru (Pulişiç, 89), Pako Alkaser (Gettse, 81).
Verder – Pavlenka, Gebre Selassiye, Langkamp, Moysander, Augustinsson, Şaxin, Eggeştayn (Sardjyent, 83), Klassen (Mevald, 18), Kruze, Xarnik, Raşitsa (Osako, 73).
Ogohlantirişlar: Langkamp (39), Dileyni (45), Xarnik (49), Mevald (80), Sardjyent (88).








