Moliya vazirining  buyruği (2017 yil 29 avgust) bilan Biznes sohasi uçun suğurta xizmatlari körsatişning yagona talablari va standartlari töğrisidagi nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Endi yetkazilgan zararlarning sabablari va miqdorlariga taalluqli qöşimça hujjatlarni suğurtalovçi  tomonidan talab qilib olinişi uçun muddat çeklanmagan. Ilgari u suğurta şartnomasida körsatilgan voqea sodir bölganligi töğrisida xabarni va uşbu voqeaga aloqador hujjatlarni olgandan keyin 3 bank kunini taşkil etardi.

Suğurta qildiruvçi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar voqeani suğurta hodisasi deb tan oliş töğrisida qaror qabul qiliş va zararning miqdorini aniqlaş uçun yetarli bölmagan hollarda suğurtalovçining harakatlariga ham tuzatişlar kiritildi. U quyidagilarga haqli:

•  sodir bölgan voqeaning tafsilotlari, suğurta qildiruvçining ololmagan daromadlarni (yöqotiş) sabablari va miqdorini ekspert baholaş uçun mutaxassislarni (ekspertlarni) jalb qiliş;
•  sodir bölgan voqeaning tafsilotlarini va zararning miqdorini aniqlaş böyiça boşqa harakatlarni amalga oşiriş.

Ilgari suğurtalovçi suğurta qildiruvçidan tuşuntirişlar va tegişli qöşimça hujjatlarni (buxgalteriya, bank hujjatlarini va b.), jumladan, dalolatnomalar hamda auditorlik va baholovçi taşkilotlarning xujjatlari va xulosalarini söraşga haqli ekanligi ham alohida belgilangan edi.

Nizomga boşqa ayrim tuzatişlar ham kiritilgan.