Suv bilan obod uying, gar bölsa u vayrona ham
(özgartirilgan şe'r)

Kimdir yangi çiqqan ayfonni orzu qiladi, boşqa kimdir bir qultum suvni. Agar sizning uyingizda jömrakni buraşingiz bilanoq şarillab içimlik suvi kelsa, quvoning – köpçilikning qöli yetmaydigan ne'mat sizga yoğilib turibdi.

Farğona viloyati Özbekiston tumanining janubidagi qişloqlar bu galgi muammoli maqolaning mavzui böldi.

Aytiş kerakki, yuqorida tilga olingan qişloqlarni tabiat toza içimlik suvi bilan siylamagan. Ularga suv mahalliy xalq tili bilan aytganda «yuqoridan», ya'ni suvga möl Öqçi qişloğidan keladi (rasmga qarang).

Tumanning Obod, Karimdevona, Oyimça-qaqir, Dahanaqaqir, Tagob, Fayziobod, Qayquobod, Döstlarobod qişloqlari va Şörsuv şaharçasida toza içimlik suvining muammoga aylaniş tarixi ötgan asrning 90-yillariga borib taqaladi. Suv çiqariş inşooti esa ...1932 yilda qurilgan. 80 yildan ziyod xalqqa xizmat qilgan «vodokaçka»ga rahmat deyiş kerakmi yoki örniga boşqa quriş adolatli böladimi?

Öqçi qişloğidan beton ariqda keladigan suvning holatini köryapsizmi? Şu suvni 35 mingga yaqin aholi iste'mol qiladi. Oq suv deyişadi. Bu «oq suv» yöl-yölakay qayerlarni suğormaydi, kimlar çömilmaydi...

Yetib kelguniça azizga aylanadigan suv Karimdevona qişloğidagi «suvolğiç» (vodozabornik) inşootida tindiriladi. Ha, faqat tindiriladi, biror mexanik yoki kimyoviy işlovdan ötkazilmaydi va töğridan-töğri aholiga uzatiladi.