Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi sobiq rahbari Nortoy Dutbayev 7 yarim yilga ozodlikdan mahrum etildi. U davlat sirini oşkor etişda ayblangan, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
«Sud hukmiga köra, Dutbayev Qozoğiston Respublikasi JKning 172-moddasiga muvofiq davlat sirlarini oşkor etiş, xizmat vakolatlarini suiiste'mol qilişda (QR JKning 451-moddasi) aybdor deb topildi, hamda unga 7 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlandi. U davlat xizmatida lavozimni egallaş huquqidan umrbod mahrum qilindi», - deyiladi xabarda.
Qozoğistonda 2016 yilda Milliy xavfsizlik qömitasi bir qator yuqori mansabli amaldorlarga nisbatan sudga qadar tergovni boşlagandi.
General-leytenant Nortoy Dutbayev Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi rahbari lavozimini 2001 yilning dekabridan 2006 yilning fevraliga qadar egallagan.








