Rossiya premer-ligasining 9-turidan örin olgan yana biru uçraşuv bölib ötdi. Unda mavsumni kötarinki ruhda ötkazayotgan Moskvaning «Lokomotiv» klubi «Axmat» mehmoni böldi.

Uçraşuvning 55-daqiqasida Rodolfo öz darvozasini işğol qilib qöyib, mehmonlarga kömaklaşib yuborgan bölişiga qaramasdan, Syomin şogirdlari bu ustunlikni saqlab qola olişmadi. 84-daqiqada Ravanelli tomonidan kiritilgan gol öyinning durang bilan tugaşiga zamin yaratdi.

Uçraşuvda Özbekiston terma jamoasi himoyaçisi Vitaliy Denisov maydonga tuşmadi.

Uşbu durangdan keyin «Lokomotiv» hisobidagi oçkolar soni 20taga yetdi. Jamoa bu turda oçko yöqotgan «Zenit»ni quvib ötib, peşqadam bölib oliş imkoniyatidan foydalana olişmadi.

RFPL, 9-tur

Axmat – Lokomotiv 1:1 (0:0)
Gollar: Ravanelli (84) – Rodolfo (55, avtogol).
Axmat: Gorodov, Utsiyev, Semenov, Ivanov (Ravanelli, 83), Moxammadi, Ismael, Rodolfo, Şvets, Berişa (Leo Jaba, 61), Mitrişev, Mbeng (Sadayev, 61).
Lokomotiv: Gilerme, Mixalik, Kverkveliya, Peyçinoviç, Ignatev, Igor Denisov, An. Mirançuk (Barinov, 82), Eder (Tarasov, 63), Mirançuk, Fernandeş, Farfan.
Ogohlantirişlar: Leo Jaba (66), Ismael (90), Semenov (90).