RF qurolli kuçlari boş harbiy-siyosiy boşqarmasi boşliği örinbosari, «Axmat» maxsus kuçlari komandiri, general-mayor Apti Alaudinov Ukraina qurolli kuçlariga öz ixtiyori bilan taslim bölgan çeçen harbiylarining asirlikdan ozod etilişiga hissa qöşmasligini aytdi. Alaudinov uşbu e’lonni videoga olib, 15 sentabr, yakşanba kuni özining Telegram-kanaliga joylaştirdi.
«Qadim zamonlardan beri çeçenlar asirlikda bölişni özlari uçun eng katta şarmandalik deb bilişgan, bu çeçen uçun öz qonidan boşqa narsa bilan yuvib bölmaydigan şarmandalik», - deydi Alaudinov. «Panjalaringizni kötarib, qizlar kabi taslim bölganingizdan keyin qanday yaşaysiz?» - deb qöşimça qiladi u.
Alaudin asirlarni öliş uçun hamma narsani qilişga çaqirdi. «Menimça, siz hatto yaşaşga ham loyiq emassiz», deydi u va bu jangçilar «muqaddas yölni tark etişgani»ni qöşimça qildi.
«Ularni özingizda qoldirişingiz mumkin»
«Axmat» qömondoni özining Telegram-kanalida ukrainalik harbiylar tomonidan asirga olingan çeçenlarning qarindoşlari unga yaqinlarini ozod qilişda yordam sörab murojaat qilişayotganini aytdi. Alaudinov boşqa asirlarni qaytarişda yordamga tayyorligini, lekin çeçenlar böyiça yordam bermasligini aytdi.
«Men ukrainaliklarga yuzlanaman: ularni özingizda qoldirişingiz mumkin. Ular bizga kerak emas. Menga qönğiroq qilişning hojati yöq, men sizlarga almaştiruvçi emasman», dedi u.
Avgust oyi boşida Alaudinov Kursk oblastidagi çegarani himoya qilgan çeçen bölinmalari ukrainalik harbiylar bilan şunçaki töqnaş kelmagani sababli Ukraina qurolli kuçlari hujumini qaytara olmaganini aytgan edi. Ukraina askarlari jangga kirmay, çeçenlar tayanç punktlari yonidan ötib ketişdi, deya tuşuntirdi u.
Şu bilan birga, rossiyalik «harbiy muxbir» Yuriy Kotenok butunlay boşqaça xabar berdi. Uning ta’kidlaşiça, «axmatçilar» aynan Kursk oblastining Ukraina Qurolli kuçlari hujumi boşlangan hududlarida joylaşgan. «VÇK-OGPU» Telegram-kanali Qodirovning Korenev rayonida joylaşgan maxsus bölinmalari Ukraina harbiylarining birinçi zarbalaridan söng «tarqalib ketgan», ya’ni qoçib ketganini yozgan.
Prigojin isyoni paytida çeçen tuzilmalari
Bundan oldinroq - «Vagner» XHK va uning rahbari Yevgeniy Prigojinning isyoni paytida - Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirovning şaxsiy gvardiyasi sifatida köriluvçi Rossiya gvardiyasining çeçen bölinmalari frontdan olindi va Rostov-Donga yuborildi, lekin «vagnerçilar» bu şaharda bölgan butun vaqt davomida çeçen bölinmalari şunçaki u yerga yöl olişda davom etişgan yoki tirbandlikda qolib ketişgan. Natijada, ular Rostovga yetib borib, «Vagner» XHK bilan uçraşa olişmadi.


















