Kursk oblastidagi janglar yana bir neça oy davom etişi mumkin. Bu haqda Rossiya Qurolli Kuçlari Harbiy-siyosiy boş boşqarmasi boşliği örinbosari, «Axmat» maxsus kuçlari komandiri Apti Alaudinov ma’lum qildi.
«Öylaşimça, yaqin ikki-uç oyda barçasi tugaydi, nafaqat Kursk yönalişida, balki butun UQK», — deydi u Xitoyning Phoenix telekanaliga bergan intervyusida.
Fevral oyida Alaudinov Ukrainadagi uruş «uzoği bilan 2024 yilning sentabrida» tugaşini taxmin qilgandi, şu bilan birga u doimgidek Ukraina Qurolli kuçlarining (UQK) ulkan yöqotişlari, Amerikaning Kiyevga berayotgan yordami töxtatilişi haqida ham gapirgan edi. Ammo aprel oyida AQŞ prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 60,64 milliard dollarlik harbiy yordam körsatişni nazarda tutuvçi qonun loyihasini imzoladi. Avgustda UQK Kursk oblastiga hujumni boşlab, Rossiya hududiga Ikkinçi jahon uruşidan beri bostirib kirgan birinçi xorij armiyasiga aylandi.
Umuman olganda, «Axmat» maxsus bölinmasi komandiri tomonidan haqiqatga töğri kelmaydigan bayonotlar birinçi marta berilmayapti. Oxirgi ikki haftada u Kursk oblastida UQKning harakati «töxtatilganini» kamida olti marotaba ta’kidladi. Birinçi marta 9 avgust kuni bu haqida ma’lum qilgandi. Şundan buyon ukrain harbiylari Rossiyaning 1250 kilometr kvadrat maydoni va 92 ta aholi punktini egalladi.
Şuningdek, Alaudinov Z-blogerlarning «Axmat» jangçilari UQK hujumidan keyin Kursk oblastidagi pozitsiyalarini ommaviy taşlab ketayotganini rad etgandi. Voqealar versiyasiga köra, çeçenistonlik harbiylar şunçaki ukrainaliklarni payqamay qolgan, çunki ular «Axmat» jangçilarining yonidan ötib ketgan.
Keyinroq Apti Alaudinov Kursk oblastini muddatli harbiy xizmatçilar himoya qilişi kerak bölgani haqida gapirdi. «Hozirda Mudofaa vazirligi tasarrufida bölgan 18 yoşli farzandlaringiz duşman hujum qilganda va ular bizning hududda bölgan vaqtda vatanini himoya qilmasa, sizlarga bir savolim bor: siz va farzandlaringiz bu mamlakatga nima uçun keraksizlar?», — deydi u. Yigitlarning ota-onalariga murojaat qilgan «Axmat» komandiri bolalar «vatanni himoya qiliş yölida» halok bölsa, ular «jannatga tuşişini» ta’kidlagan.

















