Gruziya sobiq prezidenti, Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakaşvili nima uçun Ukrainaga qaytib kelganini tuşuntirib berdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

Uning sözlariga köra, fuqarolikdan mahrum etiş haqidagi qarorga qarşi sudga e'tiroz bildirmoqçi hamda Ukraina kelajagi uçun kuraşni davom ettirmoqçi.

«Men Ukrainadagi uyimga qaytişimga sabab – birinçidan, sudga borib, öz huquqlarimni himoya qilmoqçiman. Yevropadagi bir neça davlatlar menga fuqarolikni taklif qildi, biroq Ukrainaga qaytdim, sababi bu xalqni juda hurmat qilaman va yaxşi köraman. Agar lozim bölsa, bu qahramon xalq uçun öz hayotimni berişga tayyorman», - dedi Saakaşvili.

Avvalroq Mixail Saakaşvili Ukrainada 5 yilga qamalişi mumkin ekani xabar qilingandi.