Ukrainaning Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakaşvili davlat çegarasini noqonuniy ravişda kesib ötgani uçun beş yilga ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin.
Lvov viloyati politsiyasi Gruziya sobiq prezidenti va uning tarafdorlari tomonidan davlat çegarasining «yorib ötiliş» holati böyiça jinoiy iş qözğatdi. Bu haqda Ukraina Milliy politsiyasi xabar berdi.
- Bugun, 11 sentabr kuni Lvov politsiyasi Ukraina-Polşa davlat çegarasidagi «Şegini» ötkaziş punktidagi hodisalar böyiça Sudga qadar tergovlar yagona reyestriga Ukraina Jinoyat kodeksining 332-moddasi («Ukraina davlat çegarasi orqali şaxslarni noqonuniy olib ötiş») böyiça jinoyat amalga oşirilgani haqida ma'lumotni kiritdi, - deyiladi mahkama saytidagi xabarda.
Qayd etilişiça, Odessa viloyatining sobiq gubernatori çegarani noqonuniy kesib ötgani uçun beş yilgaça ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin.
Eslatib ötamiz, 10 sentabr kuni Ukraina fuqaroligidan mahrum etilgan Mixail Saakaşvili mamlakat hududiga öz tarafdorlari yordamida kirib olgandi.
Ukraina çegara xizmatining ma'lum qilişiça, soat 20.00larda bir guruh tajovuzkor kayfiyatdagi şaxslar milliy politsiya va çegara xizmati vakillari bilan muştlaşuv çiqarib, nazorat punktiga bostirib kirib, Ukraina çegarasini buzgan. Çegarani buzib ötganlar orasida deputatlar ham bölgan.
Mixail Saakaşvilining advokati Markiyan Galabala esa duşanba kuni Ukraina davlat migratsiya xizmatiga keldi va mijozi qöşimça himoyaga ehtiyoji bor şaxs sifatida tan olinişini sörab ariza berdi.
"Bunday arizaning berilişi qoçqinlar va qöşimça himoyaga muhtoj bölgan şaxslar maqomi töğrisidagi qonun bilan nazarda tutilgan", - deya ma'lum qildi Galabala NewsOne telekanali efirida.
Advokatning tuşuntirişiça, Saakaşvili himoyasida bunday arizani berişga qator sabablar bölgan. Xususan, Gruziya sobiq prezidenti rasmiy Tbilisi tomonidan ta'qib qilinişi mumkin.
Şu bilan birga, uning körsatişiça, Saakaşvili Ukraina davlati tomonidan fuqaroligi yöq, biroq mamlakatda doimiy yaşovçi şaxs sifatida qöşimça himoyaga ega.
Galabalaning feysbukdagi sahifasida yozişiça, «öta zarur bölgan hollarda, şuningdek, boşqa majburiy vaziyatlarda davlat çegarasini kesib ötgan şaxslarning çegaradan ötişi qoidalarni buzmaydi».
Biroq «Xalq fronti» fraksiyasidan xalq deputati, IIV rahbari maslahatçisi Anton Geraşçenkoning xabar qilişiça, Saakaşvilini Polşa bilan çegaradan noqonuniy olib ötgan deputatlar röyxatini tuzib çiqdi.
«Provokator Saakaşvili bilan Ukraina çegarasini noqonuniy kesib ötgan Ukraina xalq deputatlari röyxati: Yuliya Timoşenko, Sergey Vlasenko, Yuriy Derevyanko, Pavel Kostenko, Dmitriy Dobrodomov», - deya yozdi Geraşçenko feysbukda.
Şuningdek, Ukraina xavfsizlik xizmati sobiq rahbari Valentin Nalivayçenko ham çegaradan noqonuniy ravişda ötdi, deya ta'kidlagan u.
«Deputatlik daxlsizligi jinoyatga – Ukraina davlat çegarasi orqali şaxslarni noqonuniy olib ötilişiga tegişli emas», - deya yozdi Geraşçenko.
Joriy yilning 26 iyul kuni Ukraina OAV Mixail Saakaşvili Ukraina fuqaroligidan mahrum etilgani haqida xabar tarqatdi. Bu holat u mamlakat hududida bölmaganida yuz berdi. Ukraina prezidenti ma'muriyati esa Saakaşvili Ukraina fuqaroligidan, uni oliş çoğida haqiqiy bölmagan ma'lumotlar taqdim etgani uçun mahrum qilinganini ma'lum qildi.
Şundan söng Mixail Saakaşvilining özi bayonot bilan çiqib, Poroşenkoning uni fuqarolikdan mahrum etiş böyiça qarori «Rossiyaga eng yaxşi sovğa» bölganini haqida aytdi. «Prezident Poroşenkoning qarori – bu Rossiyaga eng yaxşi sovğadir», - degandi u.
Avgust oyi örtalarida Saakaşvili Polşadan Ukrainaga 10 sentabrda qaytişini ma'lum qilgandi. “Men “Krakovets” ötkaziş punkti orqali Polşadan Ukrainaga 10 sentabrda qaytaman”, deb aytgandi u.
Bundan ikki kun avval, 9 sentabr kuni esa Saakaşvili Ukrainaga 11 yoşli öğli bilan kelayotgani ma'lum bölgandi.












