Indoneziya Bangladeşga 34 tonna insonparvarlik yordamlari ortilgan 4 samolyotni yubordi. Ular Myanmadan uşbu mamlakatga qoçib ötgan rohingya musulmonlariga taqdim etiladi, deb xabar bermoqda Associated Press.
Şu bilan birga, Indoneziya prezidenti Joko Vidodo rohingya musulmonlariga qarşi zöravonliklarga barham berişga çaqirib, qoçqinlarga sezilarli insonparvarlik yordami körsatişga va'da berdi.
Vidodo matbuot kotibining sözlariga köra, samolyotlar bortida guruç, tezpişar ovqatlar, çaylalar va issiq körpalar bor.
Avvalroq, BAA myanmalik musulmon qoçqinlarga 700 ming dollardan ortiq qiymatdagi gumanitar yordam yuborgani aytilgandi.











