AQŞ vitse-prezidenti Mayk Pens va YeI diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini özaro telefon muloqoti ötkazişdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, Pens va Mogerini Ğarbiy Bolqon hamda KXDRdagi vaziyatni muhokama qilişgan.

«Vitse-prezident Mogeriniga uning Ğarbiy Bolqon bilan boğliq vaziyatdagi yetakçiligi uçun minnatdorçilik izhor etdi, şuningdek, AQŞ YeI bilan işlaşda davom etişini bildirdi», - deya qayd etiladi xabarda.

Şuningdek, ular AQŞ va YeI qöşma masalalar böyiça özaro harakatda bölişiga kelişib olişgan.

Avvalroq YeI Qrim va Sevastopoldagi saylovlarni tan olmasligi ma'lum bölgandi.