YeI 10 sentabr kuni Qrim va Sevastopolda bölib ötgan mahalliy saylovlar natijasini tan olmaydi. Bu haqda YeI xavfsizlik siyosati va taşqi işlar oliy komissari Federiko Mogerini rahbarligidagi taşqi siyosat xizmati bayonot berdi.
"YeI Qrim va Sevastopolning noqonuniy ravişda Rossiyaga qöşib olinişini tan olmagan edi. Şu boisdan Qrim yarim orolidagi saylovlarni ham tan olmaydi. Qrim yoki Sevastopol "vakili" nomiga da'vogarlik qiluvçi vakil sifatida tan olinmaydi, çunki bu hududlar Ukrainaga tegişli", - deyiladi hujjatda. Ta'kidlanişiça, Bryussel "Ukraina hududiy yaxlitligini qöllab-quvvatlaşda qat'iyatlidir".
10 sentabr kuni Qrim va Sevastopolda ularning tarixida ilk bora mahalliy parlament va gubernatorlik saylovi bölib ötdi.












