Surxondaryo viloyati tadbirkorlarining faoliyati bilan yaqindan tanişiş hamda ularni öylantirayotgan masalalarni atrofliça örganiş maqsadida Surxondaryo viloyati bojxona boşqarmasining bir guruh mutaxassislari "JARQÖRĞON PARRANDA" MÇJda bölib qaytdilar. Bu haqda KUN.UZ’ga Surxondaryo viloyati bojxona boşqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur korxonada çet eldan keltirilgan zamonaviy uskunalarni örnatiş işlari endigina nihoyasiga yetkazilib, bir neça kundan keyin bu yerga naslli jöjalar keltirilişi hamda uşbu korxona iş boşlaşi arafasida ekan.      

- Korxonamiz ta'mirlanib bölgaç, 1 mln 300 ming AQŞ dollaridan oşiqroq mablağ evaziga parrandalarni saqlaydigan uskunalar keltirib örnatildi, - deydi parrandaçilik böyiça boş mutaxassis Qarşi Şaripov. 

Uning ta'kidlaşiça, bir neça kundan söng 62 mingdan ortiqroq jöja olib kelinişi kutilmoqda. Jöjalar yetilib tuxumga kirgaç, kuniga 250 mingtadan tuxum olişni rejalaştirişmoqda. Mazkur korxonaga keltirilgan texnologik uskunalar bir neça soat içida bojxona jarayonlaridan ötkazilib, korxonaga foydalaniş uçun taqdim etildi. 

Çetdan keltirilgan zamonaviy texnologik uskunalarni közdan keçirar ekansiz, mazkur apparatlar dasturlaştirilganligini körib, uşbu texnikani işlatiş jarayoni davomida inson qöl mehnatiga deyarli zarurat qolmaganligining guvohi bölişingiz mumkin. Sodda qilib aytganda, inson boşqaradi, texnologiya esa işlaydi.  

Ta'kidlaş kerakki, mazkur texnologik uskunalarni mamlakatga keltirilişida amaldagi tartiblarga rioya etilgan holda import bojxona boji va qöşilgan qiymat soliğidan 763,5 mln sömlik bojxona tölovlaridan imtiyozlar berildi. Tadbirkor ta'kidlaganidek, bojxona imtiyozlari sifatida taqdim etilgan uşbu yengillik mazkur korxona faoliyatini kengaytirişga yönaltiriladi.