2017/2018 öquv yili uçun Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining 1-sonli Toşkent akademik litseyiga qabul ötkaziladi. Bu haqda KUN.UZ‘ga Toşkent şahar içki işlar boş boşqarmasi ma'lum qilgan.
Kelajakda Özbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida yoki Yonğin xavfsizligi institutida öqib, içki işlar organlarida xizmat qiliş istagida bölgan yoşlar 2017/2018 öquv yilida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining 1-sonli Toşkent akademik litseyida öqişlarini davom ettirişlari uçun taklif qilinadi.
Ayni vaqtda Toşkent şahridagi barça akademik litsey va kollejlarning 1-bosqiçida hamda umumta'lim maktablarning 10-sinfida ta'lim olayotgan öquvçilar joriy yilning 17 sentabr kuni soat 18.00ga qadar Toşkent şahar, Uçtepa tumani 11-mavze M.Şayxzoda kuçasi 64-uyda joylaşgan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining 1-sonli Toşkent akademik litseyi (sobiq Jahon tillari universiteti qoşidagi Uçtepa akademik litseyi)ga murojaat qilişlari mumkin.
Tanlov suhbat asosida amalga oşiriladi. Nomzodlar özlari bilan quyidagi hujjatlarni olib kelişlari lozim:
– tuğilganlik töğrisidagi guvohnoma (metrika);
– şahodatnomaning ksero nusxasi;
– maktabdan tavsifnoma;
– mahalladan tavsifnoma;
– tarjimai hol;
– 2 dona 3x4 hajmdagi surat.
Izoh: Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi “Içki işlar organlari xodimlarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qaroriga asosan, 2020 yildan boşlab Özbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi yoki Yonğin xavfsizligi institutiga kunduzgi ta'lim şakliga öqişga qabul qiliş faqat IIV akademik litseylari bitiruvçilari tarkibidan amalga oşiriladi.
Qöşimça ma'lumot oliş uçun 276-86-37 raqamga qönğiroq qilişingiz mumkin.








