Prezident Şavkat Mirziyoyev Yoşlar kuni arafasida bir guruh yoşlar bilan uçraşuv ötkazib, yangi taşabbuslarni ilgari surdi.
Davlat rahbari Özbekistonga “törtinçi sanoat inqilobi” kasblari juda muhimligini qayd etib, şu munosabat bilan yoşlarning fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika (STEM) bilan boğliq kasblarga qiziqişini oşiriş uçun yangi tizim joriy qilinişi aytdi.
Yangi öquv yilidan oliygohlar qoşidagi jami 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi. Bu dasturlar asosida sertifikat olgan öquvçilar öşa oliygohga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilinadi.
Yoşlarimiz xorijiy oliygohlarda öqiş uçun matematika, ingliz tili va ilmiy fikrlaş böyiça “SAT” imtihonini topşirmoqda. Bu testlarda 75 foizdan yuqori natija körsatgan öquvçilar çet elni eng nufuzli oliygohlariga grant yutyapti. Endi bunday yoşlarni özimizni oliygohlarga ham grantga qabul qilamiz, dedi prezident.

Endilikda oliygohlarning birinçi va ikkinçi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyğunlaşadi. Texnikumning birinçi va ikkinçi yilini yaxşi öqigan yoşlarga xalqaro klassifikatorning tegişli darajasiga mos keluvçi diplom beriladi. Ularga oliygohni ikkinçi yoki uçinçi kursidan öqişni kontrakt asosida davom ettiriş imkoniyati beriladi.
Kasbi böyiça malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoşlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi.

Yuqoridagilardan taşqari:
- çet tili böyiça milliy sertifikat (CEFR) olişda qölda yoziş imkoniyati bölmaganlarga kompyuterda imtihon topşiriş şaroiti yaratiladi;
- Prezident maktablari agentligi qoşida “Olimpiadalarga tayyorlaş markazi” oçilib, maxsus laboratoriyalar bilan jihozlanadi, xalqaro olimpiadada qatnaşuvçi terma jamoa reja asosida uşbu markazda tayyorgarlik köradi;
- oliygoh, vazirlik va korxonalarga tegişli laboratoriyalarning yagona onlayn platformasi yaratiladi: qaysi laboratoriyada qanday uskuna bor, ular qanday sinovlar qila oladi va qanday quvvatlarda işlayapti, degan savolga javob böladi;

















