2017 yilning ötgan davri mobaynida Buxoro viloyati hududida istiqomat qiluvçi 180 nafar nogiron va yoşi uluğ keksalarning xonadonlariga borilib, olib yuruvçi mobil qurilmasi yordamida pasportga tuşirildi va tayyor pasportlar topşirildi. Bu haqda KUN.UZ’ga viloyat IIB xabar bergan.
Buxoro viloyatida 1.212.600 nafar fuqarolar biometrik pasport olişi lozim bölib, hozirgi kunga qadar uşbu fuqarolarning 1.087.703 nafariga biometrik pasportlar rasmiylaştirib berilgan. Bu esa biometrik pasport olişi kerak bölgan aholining 89,07 foizini taşkil etadi. Kelgusida 124.897 nafar aholiga bio-pasportlarni beriş böyiça belgilangan rejani bajariş lozim.
2017 yilning ötgan davri mobaynida Buxoro viloyati hududida istiqomat qiluvçi 180 nafar nogiron va yoşi uluğ keksalarning xonadonlariga borilib, olib yuruvçi mobil qurilmasi yordamida pasportga tuşirildi va tayyor pasportlar topşirildi.
Pasportlarni tarqatiş va fuqarolarni biometrik pasportni olişga jalb etiş maqsadida SMS xabar orqali, hududiy profilaktika inspektorlari va mahalla vakillari hamkorligi pasport bölinmasiga jalb qiliş çoralari körib borilmoqda.
Joriy yilning ötgan davri mobaynida Buxoro viloyatida yaşovçi 1.192 nafar fuqarolar xorijiy davlatlardan “vatanga qaytiş guvohnomasi” bilan qaytib kelib, xududiy IIBlarga biometrik pasport oliş uçun murojaat etişgan. Ulardan 1073 nafariga örnatilgan tartibda fuqarolik pasportlari rasmiylaştiib berilgan, 76 nafarining pasport oliş haqidagi xujjatlari va biometrik ma'lumotlari DPM, qolgan 43 tasining xujjatlari tegişli xizmatlar tomonidan körib çiqilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga 2017 yilning 8 oy mobaynida tuşgan murojaatlar soni viloyati böyiça 550 tani taşkil etadi. Uşbu murojaatlardan 24 tasi qanoatlantirilgan, 529 tasiga amaldagi qonun talablari asosida tuşuntiriş berilgan, 10 tasi körib çiqilmoqda.
Uşbu murojaatlarning aksariyatini Özbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qiliş, biometrik pasportni olişni tezlaştiriş, doimiy va vaqtinça propiskaga qöyiş, jarima miqdorini kamaytiriş bilan boğliq bölgan masalalarni taşkil etadi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan viloyat böyiça 37 nafar fuqaroligi yöq şaxslarga Özbekiston Respublikasi fuqaroligi berilgan va ularning barçasiga fuqarolik pasportlari tantanali ravişda topşirilgan.












