Qozoğiston prezidenti matbuot xizmati Nursulton Nazarboyev Özbekistonga taşrifi vaqtida qozoğistonlik boksçi Gennadiy Golovkin va Meksika vakili Saul «Kanelo» Alvares örtasida 17 sentabr tongida bölib ötgan jangni tomoşa qilayotgani tasvirlangan suratni e'lon qildi.
«Davlat rahbari Özbekistonga davlat taşrifi vaqtida qozoğistonlik boksçi Gennadiy Golovkin Las-Vegasdagi T-Mobile arenasida ötkazgan jangni tomoşa qildi», - deyilgan prezidentning Facebook ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.
Suratda Nazarboyevning yonida Qozoğiston boş vazirining birinçi örinbosari Asqar Mamin va Özbekistondagi elçi Yerik Utembayev ham borligini köriş mumkin.


Golovkin va Alvares örtasidagi jang T-Mobile arenasidagi keçaning asosiy jangi böldi. 12 raund davom etgan jang yakunida hakamlar durang qayd etişdi. Natijada Golovkinning 37 ğalabadan iborat ğalabali seriyasi yakunlanib, u ilk marta durang natijaga rozi böldi. Şu bilan birga u kamarlarini özida saqlab qoldi.











