Saylovga faqat Golovkin qöyildi. Barça talabgorlar uç nafar mustaqil ekspertni öz içiga olgan verifikatsiya komissiyasi tekşiruvidan ötkazildi. Şuningdek, jarayon sport arbitraji bilan şuğullanuvçi Sport Resolutions xalqaro taşkiloti tomonidan nazorat qilindi.
Golovkin yagona nomzod bölgani uçun uning tasdiqlanişi World Boxing nizomiga köra Kongress tomonidan ovoz berişsiz ma’qullandi.
World Boxing - Xalqaro Olimpiya qömitasi bir qator muammolar, jumladan, moliyaviy şaffoflikning yöqligi va korrupsiya tufayli IBA (sobiq AIBA) taşkilotini tan oliş maqomidan mahrum qilganidan keyin 2023 yilda taşkil etilgan xalqaro sport taşkiloti.
Endi havaskor boks, jumladan, olimpiya boksi World Boxing tomonidan boşqariladi. 2024 yil sentabr oyida Golovkin taşkilotning Olimpiya komissiyasi raisi böldi, köplab milliy federatsiyalar tomonidan tan olinişi uçun köp harakat qildi va boks 2028 yilgi Yozgi Olimpiya öyinlari dasturida saqlanib qoldi.
Golovkin World Boxing prezidenti lavozimida niderlandiyalik sport funksioneri Boris van der Vorst örnini egalladi.
Gennadiy Golovkin - Qozoğistonda xizmat körsatgan sport ustasi, 2003 yilgi jahon çempioni va 2004 yilgi Olimpiya öyinlarining kumuş medali sovrindori. Professional faoliyatida u 45 ta jang ötkazib, 42 ta ğalaba qozongan, şundan 37 tasini nokaut bilan yakunlagan, şuningdek, ikkita mağlubiyat va bitta durang qayd etgan. Golovkin örta vazn toifasida WBC, IBF, IBO va WBA çempionlik unvonlariga ega bölgan, ketma-ket 23 ta nokaut seriyasini qayd etgan va örta vazn toifasida rekord darajadagi nokautlar foizi uçun Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan.
2024 yil fevralidan beri Golovkin Qozoğiston Milliy olimpiya qömitasi rahbari lavozimida işlab kelmoqda.












