Gaz-turbinali dvigatelda işlovçi mototsikllarda bir neçta tezlik rekordlarini örnatgan Zev Eyzenberg yangi rekordni örnatişga ikkinçi bor urinib köradi. Bu haqda Road & Track naşri xabar bermoqda.
Eyzenbergning 2016 yildagi ilk urinişi muvaffaqiyatsizlik bilan tugagandi, u soatiga 376 km tezlikda avariyaga uçragan. “Bunday tezlikda köriş maydoni snayper miltiği nişonga olgiçi darajasigaça keskin torayadi. Şu sababli men finiş çiziğini körmay qolib, 300 metr tormoz yölini boy berganman”, deb aytdi Eyzenberg.
Keskin tormozlaş sababli mototsiklçining yiqilişidagi yuklaniş 25 g ga yetgan va poygaçi tos suyagi, qovuq suyagi, son, yelka va ikki qöl suyaklari sinişiga uçragan.

Eyzenberg Lids Jyeneral Infirmari şifoxonasida davolaş va tiklaniş kursidan ötib, normal yura boşlaşidan oldinoq mototsikl ruliga ötiradi. Dastlab bu dvigateli 200 kub sm lik model bölgan, keyinroq u soğaygani sayin kuçliroq mototsikllarni “jilovlay boşlagan”.
Bir yil ötib u avariyaga uçragan Elvington aerodromiga kuçini tiklaş va yangilangan mototsiklni sinovdan ötkaziş uçun qaytgan. U bu mototsiklda soatiga 322 km tezlikka erişmoqçi, keyingi yilda esa özining avvalgi rekordi – soatiga 376 km tezlikni yangilamoqçi.












