Litva prezidenti Dalya Gribauskayte 19 sentabrda BMT Boş assambleyasidagi nutqida Rossiyani ğarb davlatlariga hujum qilişga tayyorlanayotganlikda ayblagan. Uning aytişiça, "Boltiqböyi davlatlari va Polşa çegaralarida 100 mingga yaqin rossiyalik harbiy "Ğarb-2017" harbiy maşğulotlarida iştirok etmoqda". "Kreml öz qöşnilariga, Ğarbga hujum ssenariysini maşq qilmoqda", deb aytgan Gribauskayte.

18 sentabrda Gribauskayte BMT boş kotibi Antoniu Guterriş bilan uçraşuv ötkazib, boş kotibga Rossiyaning Litva çegarasi yaqinidagi harakatlari, mintaqadagi xavfsizlik borasidagi vaziyat hamda Rossiya va Belarusning "Ğarb-2017" harbiy maşğulotlari insoniyat uçun xavf solişi haqida ma'lumot bergan.

Litvalik mutaxassislarning ta'kidlaşiça, Gribauskaytening Nyu-Yorkdagi nutqi Litva OAVda uning tanqid qilinişini bosdi-bosdi qilişga uriniş hisoblanadi. OAV "Ğarb-2017"ni bir neça oydan beri mamlakat uçun boş xavf deb atab kelayotgan Gribauskayteni uşbu maşğulotlar fonida xalqni taşlab, okean ortiga jönab ketgani uçun tanqid qilgan.

Qayd qiliş joizki, Rossiya delegatsiyasi Litva prezidentining Boş assambleyadagi nutqi oldidan zalni tark etdi. Litva prezidenti Boş assambleya minbariga kötarilişidan oldin Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili birinçi örinbosari Petr Iliçev va Davlat dumasining xalqaro işlar qömitasi raisi Leonid Slutskiy zaldagi joylarini tark etganlar.