Bosh assambleya oliy haftasi nutqlarining birinchi kunida minbarni Braziliya va AQSH prezidentlari ochib berdi. Oʻnlab davlat rahbarlari soʻzga chiqdi, ularning ichida Turkiya, Koreya, Fransiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Afrika davlatlari, Moʻgʻuliston, Xorvatiya, Finlandiya, Lyuksemburg, Chili, Peru va boshqa vakillar bor.
Xoʻsh, bu yilgi tadbir nimasi bilan muhim?
Avvalo, bosh kotib Guterrish oxirgi marta bosh assambleyada qatnashmoqda, u kelasi yildan bu lavozimda boʻlmaydi. Shuning uchun zal Guterrishni nutqidan keyin olqishlab kuzatdi.
Ikkinchidan, hatto Eron prezidenti boshchiligidagi delegatsiya ham Nyu Yorrkda. Unga AQSH viza bergan, ammo mediasi rad qilingan. Pezeshkiyon 23-sentabr kuni oliy minbardan chiqish qiladi.
Uchinchidan, Venesuelaning muvaqqat rahbariyati BMT adolatiga ishonib, sessiyaga kelganini aytmoqda.
Xitoy raisi Si Szinpin esa yana bosh assambleyaga kelmadi, lekin Amerikaga rasmiy safar bilan kelmoqda. Yaʼni, Xitoy raisi Pekindan toʻgʻridan toʻgʻri Vashingtonga keladi. Tramp Nyu Yorkni tark etdi, sababi u hamkasbini Vashingtonda qarshi olishi kerak.
Oʻzbekiston delegatsiyasiga prezident administratsiyasi rahbari - Saida Mirziyoyeva rahbarlik qilmoqda. U 23-sentabr kuni soʻzga chiqadi. Biroq, ochilish sessiyada ham qatnashdi, ikki tomonlama muloqotlar qildi.
Eslatib oʻtamiz, bosh assambleyaga bu yil 18 mingdan ortiq delegat kirish ruxsatnomalarini olgan.
Maqtanchoq Tramp, BMTga kelmagan Si va Guterrishning oxirgi nutqi: oliy hafta boshlandi
11:501 127















