Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 20 sentabr kuni Nyu-York şahrida Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev bilan uçraşdi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Bu yil Özbekiston Respublikasi bilan Bolgariya Respublikasi örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganiga 25 yil böldi. Ikki davlat rahbarlari 13 sentabr kuni uşbu sana munosabati bilan bir-birlarini qutladilar.
Oliy darajadagi mazkur uçraşuvda Özbekiston – Bolgariya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Mamlakatlarimiz hamkorligida yangi sahifa oçiş zarurligi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi aloqalar özaro manfaatli ekani ta'kidlandi. Mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan davlatlarimizning yondaşuvlari yaqin ekani ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirişga asos böladi.
Bolgariya Özbekistonning Yevropadagi işonçli şeriklaridan biri. Mamlakatimizda Bolgariya investitsiyalari iştirokida tuzilgan 14 korxona faoliyat yuritmoqda. 2016 yilda özaro tovar ayirboşlaş hajmi 23 million dollarni taşkil etgan. Uçraşuvda bu körsatkiç mavjud imkoniyatlarga mos emasligi, har ikki tomon hamkorlikni rivojlantiriş uçun katta iqtisodiy salohiyatga ega ekani ta'kidlandi.
Özbekiston Bolgariya bozoriga kimyo, elektr texnikasi, töqimaçilik va kabel mahsulotlari, quriliş materiallari, öğitlar, meva-sabzavot yetkazib berişi mumkin. Farmatsevtika, kosmetika, elektr texnikasi, qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş sohalarida qöşma korxonalar taşkil etiş imkoniyatlari mavjud.
Şuningdek, transport-kommunikatsiya, turizm, ta'lim, madaniyat sohalarida ham özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Muloqotda şu jabhalarda aniq loyihalar işlab çiqiş maqsadida hukumatlararo qöşma komissiyaning navbatdagi majlisini ötkazişga kelişib olindi.
Rumen Radev Bolgariya Şavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirişga qaratilgan islohotlarni, Markaziy Osiyoda davlatlararo muloqotni mustahkamlaş böyiça amalga oşirilayotgan sa'y-harakatlarni qadrlaşini ta'kidladi.
Şavkat Mirziyoyev Bolgariya prezidenti bilan uçraşdi
03:50 / 21.09.201716 3243 min









