Jahon banki özining navbatidagi «Biznes yuritiş-2017: barça uçun teng imkoniyatlar» deb nomlangan yangi reytingini e'lon qildi. Tahlil natijalariga köra, Bruney-Dorussalom, Keniya, Qozoğiston, Belarus, Indoneziya, Serbiya, Gruziya, Pokiston, BAA va Bahrayn «biznes yuritiş»körsatkiçlari böyiça 2015-2016 yillarda eng yaxşi natijalarga erişgan mamlakatlar 10 taligidan joy olgan.
Uşbu mamlakatlar, umumiy hisobda jami 48 ta tadbirkorlik muhitini yaxşilaşga qaratilgan islohotlar ötkazgan.
Hisobotda ta'kidlanişiça, reytingga kiritilgan 190 davlatning har birida tadbirkorlik qiliş uçun şart-şaroitlarni yaxşilaşga qaratilgan kamida bitta islohot olib borilmoqda. Ammo Yevropa va Markaziy Osiyo tadbirkorlik sohasida kamida bitta islohot ötkazayotgan mamlakatlar soni köpligi bilan ajralib turadi.
Reytingda birinçi örinni Yangi Zelandiya egallagan. Ikkinçida Singapur, uçinçida Daniya joylaşgan. Hong Kong, Koreya respublikasi, Norvegiya, Buyuk Britaniya, AQŞ, Şvetsiya va Makedoniya kuçli önlikka munosib körilgan. Sobiq ittifoq davlatlari orasida eng yuqorikörsatkiç Gruziyaga tegişli bölib, u 16-örinda. Markaziy Osiyo respublikalari orasida eng yaxşi natijani 35-örinda joylaşgan Qozoğiston körsatmoqda. Qirğiziston 75-, Tojikiston 128-öringa joylaştirilgan. Turkmaniston reytingga qabul qilinmagan.
Jahon banki reytingini tuziş böyiça tadqiqotçilari Özbekistonda biznes yuritiş imkoniyati va qulaylik muhitini respublikani 87-öringa munosib köriş bilan baholagan.












