Turkiya parlamenti 23 sentabrda ötgan navbatdan taşqari yiğilişda Turkiya qurolli kuçlarini Iroq va Suriyada qöllaşga ruxsatni yana bir yilga çözdi. Uşbu yiğiliş Iroq Kurdistonida 25 sentabrga belgilangan mustaqillik referendumi ötkazilişi oldidan çaqirildi.    

Iroq Kurdistoni muxtor viloyati rahbariyati Iroqning markaziy hukumati fikrini inobatga olmay, 25 sentabrda Iroqdan mustaqil böliş böyiça referendum ötkazilişini belgiladi. Bağdodda referendum noqonuniy deb hisoblanmoqda, uning ötkazilişiga parlament ovoz bergan. 

Turkiyada qonun loyihasini parlamentdagi 3 ta partiya vakillari qöllab-quvvatlaşgan. Unga kurdlarni qöllab-quvvatlovçi Xalq demokratiyalari partiyasi qarşi çiqdi.

Turkiya parlamenti 2014 yil oktabrda milliy qurolli kuçlarni xorijda qöllaş va mamlakat hududida xorijiy qöşinlar joylaşuviga ruxsat bergandi. Uşbu ruxsat bir yil amal qilgan. Söngra bu ruxsat 13 oyga uzaytirilgandi.