Şimoliy Koreya naşrlari KXDR raketalari tomonidan amerikaliklarning samolyotlari va avianosetslari yakson qilişi haqidagi fotolar hamda videokollajlar seriyasini davom ettirdi. Bu haqda 24 sentabr kuni Janubiy Koreyadagi «Yonhap» agentligi xabar tarqatgan.
Xususan, videolardan birida amerikaliklarning B1-B rusumli bombardimonçisi va F-35 rusumli qiruvçi samolyoti urib tuşirilgani körsatilgan. Bundan taşqari, ballistik raketa orqali amerikaliklarning «Karl Vinson» (USS Carl Vinson) aviataşuvçisi hamda unga ortilgan bombardimonçi samolyotlar yakson qilingani tasvirlari yasalgan.
Bu kollajlar 23 sentabr kuni AQŞ Harbiy-havo kuçlarining B-1B Lancer samolyoti qiruvçi samolyotlar hamrohligida Şimoliy Koreya va Janubiy Koreya örtasidagi harbiylardan xoli qilingan hudud osmonidan uçib ötişi ortidan paydo böldi.
Samolyotlar harbiylardan xoli qilingan hududdan şimol tomon XXI asrda avval kuzatilmagan darajada içkariroq kirib borişgan.
Şu orqali AQŞ harbiy imkoniyatlarini namoyiş qilgandi.
Bu voqeadan köp ötmasdan Şimoliy Koreya taşqi işlar vaziri Li Yon Xo BMT Boş assambleyasidagi çiqişi çoğida AQŞ prezidenti Donald Trampni «ruhiy xasta» deb atadi.
«Reallik şundan iboratki, ruhiy nosoğlom, öziga yuksak baho beruvçi va daho sanovçi, biroq hatto Amerika xalqi ham qabul qilmayotgan inson prezidentlik lavozimini egallab turibdi. Butun hayoti davomida pöpisa, aldov va boşqa qinğir usullardan foydalanib kelgan öyinçi qöl ostida qizil tugma bölgan mamlakatni boşqarayotgani aççiq haqiqat. Bugungi kunda dunyoda tinçlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid şundan iborat», — dedi Li Yon Xo.
Bunga javoban esa Tramp Şimoliy Koreya uzoqqa bora olmasligi haqida aytdi.
«Hozirgina Şimoliy Koreya taşqi işlar vazirining BMTdagi nutqini tingladim. Agar u kiçkina raketa-odamning fikrlarini takrorlaşda davom etsa, ular uzoqqa bormaydilar!», deb yozgan Tramp tvitterda.












