Bugun 25 sentabrda Bryusselda Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan çiqişiga bağişlangan törtinçi va sönggi bosqiç muzokaralari boşlanadi. Ikki tomon ham 28 sentabrgaça davom etadigan muzokaralardan katta umid qilayotganini bildirişdi. Bunga 2 ta sabab bor: birinçidan, sönggi kunlarda London va Bryussel muzokaralar boşlanganidan buyon ilk marotaba jiddiy qadam taşladi, ikkinçidan, mazkur bosqiç YeIning 19-20 oktabridagi sammiti oldidan sönggi va hal qiluvçi bosqiçi bölişi kerak. 

Sammitga qadar tomonlar muzokaralarning ajralib çiqiş masalasiga bağişlangan birinçi davrini yakunlaşi va özaro munosabatlar qoidalarini aniqlab beruvçi ikkinçi bosqiçiga ötişi kerak. 

Umuman, Bryussel va London zarurat paydo bölsa oyning oxirgi haftasida yana bir marta töplanib, YeIning oktabr oyidagi sessiyasi avvalida qisqa uçraşuvni taşkil etişi mumkin.