Bekobod tumani mamlakatning tabiati gözal, odamlari mehnatsevar, tabiiy boyliklarga ega bebaho göşalaridan biri sanaladi. Ta'kidlaş joizki, yurtimiz erişayotgan muvaffaqiyatlarda bekobodliklarning ham munosib hissasi bor. Bu haqda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev joriy yilning 18 avgust kuni Bekobodga taşrifi çoğida alohida töxtalgandi.
Biroq bu yerda kamçilik va yeçimini kutayotgan muammolar ham talaygina. KUN.UZ’ga yetib kelgan murojaatlardan biri Bekobod tumani, Zafar şaharçasi, Usmon Nosir köçasidagi köp qavatli uylarda yaşovçi aholi tomonidan yuborilgan. Unda bayon etilişiça, köp qavatli uylardagi kommunal xizmatlar deyarli yöq va bir neça yillardan beri foydalaniş uçun yaroqsiz. Şuningdek, unda inson salomatligiga xavf solib turgan birgina umumiy hojatxona muammosi - kanalizatsiyaning nosozligi, undan kötarilayotgan badböy hid va çiqindi suvlarning köçalarga sizib çiqişi, odamlarning majburlikdan qölbola kanalizatsiyadan foydalanişi haqida kuyinib yozilgan.

KUN.UZ mazkur murojaatni örganiş maqsadida Bekobod tumaniga yöl oldi. Manzilga yetib borib, murojaatdagi manzarani öz közimiz bilan kördik. Aholi bilan bu haqda batafsil suhbatlaşdik.
“30 yildan beri şu yerda yaşaymiz va şu muammodan aziyat çekamiz. Ayniqsa, yoz oylarida juda qiynalamiz. Bu borada bir neça yillardan beri hokimiyatga murojaat bilan çiqdik, lekin tayinli bir javob olmadik. Joriy yilning fevral oyida yana bir marta murojaat bilan çiqqanimizda, ular "körib çiqamiz", deya hokim örinbosariga buyurişdi. Şundan keyin hokimimiz almaşdi. Yana murojaat bilan çiqqan edik, ular "avval mahallaga borasiz", deyişdi. Mahallaga borgan edik, ular bizga xat yozib berdi: "çek-kredit qaçon ajratilsa, öşanda boşqa joyga köçirib beramiz", deb. Hozir uylarda hojatxona işlamaydi. Portalga ham çiqdik, ular körib “hokimingizga beramiz, çora körişadi” deyişdi. Keyin ulardan ham xat oldik, u "aholi rozi bölsa, bironta joy topilsa, öşa yerga köçirib beramiz", degan mazmunda yozilgandi. Şu bilan töxtab turibdi bu jarayon. Sovuq suvni ham köçadan taşiymiz. Bizning uylarda kanalizatsiya, boşqa narsalar qurilganidan beri yöq. Bolalar öynaydigan joylar ham yöq. Hozirda bu hojatxonadan 12 uy foydalanadi.

Yangi tayinlangan hokimni-ku mayli, hattoki uçastka inspektorini ham tanimaymiz. Biror uyda şaroit yöq, puli borlar özi şaroit qilib olgan, xolos. Şuni ham qöyişmayapti. Gaz heç kimnikida yöq. Qişda gaz plita bilan uylarni isitamiz. Tomlardan tinmay çakka ötadi.

Yölning böyidan uyimiz çiroyli körinadi, buni Prezidentning kelişi uçun qilişdi. Bundan avval qilinmagan, faqat yölning böyini qilişdi, içkariga qaraşgani ham yöq.

Boğçaga bola beriş ham juda muşkul. Turli hududlardan bolalarni olib kelişadi, lekin özimizning hududdan bolalarni olmaydi. “Ertaga kelinglar, joy yöq”, degan bahonalar qilişadi”, - deydi mahalliy aholi vakillari.

Suhbat davomida Bekobod tuman hokimi Otabek Isroilovga qönğiroq qildik. U mazkur murojaat böyiça aholi bilan uçraşişini bildirib, kelişini aytdi. Biroq uning örniga tuman hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy–ma'rifiy işlar böyiça örinbosari Hamid Abduşukurov keldi.

Garçi aholini qiynab kelgan masala ularning vakolatiga kirmasa-da, Abduşukurov murojaatni tingladi. Hatto, öşa qörqinçli hojatxona bilan ham tanişdi. Joyida özi uçun kerakli ma'lumotlarni oldi. Biroq mazkur muammolarga yeçim topişi bevosita boğliq bölgan tuman hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari Olim Ergaşev masalaning yeçimini topişdan köra, biz bilan kelişib qöyişni afzal bildi.

Tuman hokimi bilan ikkinçi bor boğlanganimizda esa, biz bilan Toşkentda uçraşib, masalaning yeçimini topişga va'da berdi. Siz ayni damda körib turgan tasvirlarga ham bir oydan oşdi. Biroq vaziyat hamon öşa – öşa... Bekobod tumani, Zafar şaharçasi, Usmon Nosir köçasidagi köp qavatli uyda yaşovçi aholi esa hamon umid qilayapti. Har holda hisobotlar evaziga xalq roziligini olib bölmaydi.











